Qisqa muddatlarda tovar va xizmatlaringiz sotuvi bir necha barobar ortishini istaysizmi?

O‘zbekistonda internet marketing sohasida yetakchi savdo brendlaridan biri bo‘lgan Zipwolf brendi asoschisi marketolog Umidjon Axunjonov bilan suhbat.

– Internetda reklama deganda nimani tushunish lozim?

Bilasizmi, internet reklama juda ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan soha. Internet reklamasining bir nechta turlarini keltirgan holda har bir tur bo‘yicha atroflicha tushuntirish berib o‘tishga harakat qilaman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama:

Statistik ma’lumotlarga yuzlansak, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi bevosita shaxsiy kompyuterlar va asosan mobil telefonlar orqali internetdan faol foydalanishmoqda – bu qariyb 16 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar, tadbirkor tili bilan aytganda, 16 milliondan ortiq salohiyatli xaridorlar deganidir. Yana statistikaga yuzlansak, “Odnoklassniki”dan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar qariyb 3 million kishini va Facebook’dan foydalanuvchilar 1 milliondan ortiq miqdorni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama asosan kompaniyalar brendi ostida onlayn auditoriya uchun “qiziqarli” va “foydali” turli maqola, iqtibos, dizayn, promo-aksiya va video tipidagi kontentlarni auditoriya bilan ulashish orqali kechadi. Onlayn auditoriya o‘zi yoqtirgan kontentga “yoqdi” va “bo‘lishish” tugmalarini bosishi ushbu kontentning virusli tarqalishiga olib keladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda asosan ikki turdagi reklamalar olib boriladi:

  1. Virusli xarakterdagi “qiziqarli” va “foydali” kontentlar ishlab chiqish asosidagi reklamalar (virusli tarqaladi, brend imijini yoyishga xizmat qiladi);
  2. Pullik (per click) reklamalar (sotuvni rag‘batlantiradi);

Qidiruv tizimlaridagi reklama:

Barchamiz google.com va yandex.ru kabi qidiruv tizimlaridan faol foydalanamiz. Bu tizimlarda asosan o‘zimizga kerakli bo‘lgan biror turdagi ma’lumotlar bo‘yicha qidiruv murojaatlarini amalga oshiramiz. O‘zbekistondan ushbu ikkala qidiruv tizimiga bir oyda o‘rtacha 70 milliondan ortiq murojaatlar qilinadi.

Misol o‘rnida; “Toshkentda kvartira sotib olish” so‘z birikmasi orqali O‘zbekiston bo‘yicha bir oyda o‘rtacha 1035 ta murojaatlar bo‘ladi. Buning biznesga nima ahamiyati bor dersiz? Ayni 1035 ta murojaatlarning barchasida sizning kompaniyangizning veb sahifasi eng birinchi o‘rinda taqdim etilsa, qidiruvchining asosan qidiruv natijasining eng birinchi 3—5 veb sahifasiga murojaat qilishini inobatga olsak, sizning veb-sahifangiz oylik o‘rtacha 200—300 atrofidagi tashrif buyuruvchiga ega bo‘ladi. Juda ham pessimistik yechimda, agar tashrif buyuruvchilarning atigi 1 foizi sizning xaridoringizga aylansa ham, bu bir oyda siz 2-3 ta kvartira sotdingiz degani, shunday emasmi?

Kontekst reklama:

Kontekst reklama ham qidiruv tizimlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu turdagi reklamada siz qidiruv uchun ishlatgan iboradan kelib chiqib, qidiruv tizimlarining yaqin hamkorlari bo‘lgan millionlab boshqa veb-sahifalarga keyinchalik tashrif buyurganingizda sizga ayni qidiruv so‘zi bilan bog‘liq internet banner reklamalar ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, “remarketing” tipidagi kontekst reklamalar qidiruv tizimlari bo‘yicha bir marta tashrif buyurgan veb-sahifangizga aloqador internet banner reklamalarning keyinchalik ham sizni boshqa veb-sahifalarda ham ta’qib etishi bilan xarakterlanadi.

Email reklama:

Bu turdagi reklamalar internet kompaniyalari bazasida mavjud (minglab) elektron pochta egalariga sizning mahsulot yoki xizmatlaringiz taklifini o‘zida aks ettirgan elektron xabarlar yuborish bilan xarakterlanadi. Odatda bu turdagi reklamalar 2-4 foiz samaraga ega bo‘lib, yuborilgan har yuz kishilik xabarlardan 2-4 dona potensial xaridor topish mumkin bo‘ladi.

PR maqola va internet banner tipidagi reklamalar:

Bu turdagi reklamalar asosan ko‘p sonli tashrif buyuruvchilariga ega bo‘lgan veb sahifalarga kompaniya, uning mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida PR maqola yoki banner ko‘rinishida joylashtiriladigan reklamalardir. O‘zbekistonda kunlik 250—300 ming kishilik tashrif buyuruvchisiga ega bo‘lgan www.kun.uzwww.daryo.uz kabi veb sahifalarga reklamalar joylashtirish yaxshi samara berishi mumkin.

Internet reklama yuqoridagi 5 turdagi reklama bilangina cheklanmaydi. Bundan tashqari Telegram, Wechat, Whatsapp va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarning, Youtube va Mail.ru kabi veb sahifalarning ham yuqori reklama imkoniyatlari mavjud.

– Bugungi kunda internet reklamaning O‘zbekistondagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab bersangiz.

Garchi asosiy reklama manbalari sifatida biz televideniye, radio, gazeta, jurnallar va yo‘l cheti bannerlaridan foydalanib o‘rgangan bo‘lsakda, kichik bizneslarning ayni manbalarda reklama joylashtirishlari arzon tushmaydi. Ikkinchi tarafdan, agar, bugungi kun iste’molchisini kuzatsangiz, u har qanday reklama manbalaridan birinchi ta’sirni olgach, ikkinchi qadam sifatida ayni brend haqida batafsilroq ma’lumot o‘rganish uchun albatta internetga murojaat qiladi. Aytishim mumkinki, internet reklama tadbirkorlarimizga o‘z xizmat va mahsulotlarini eng arzon yo‘lda eng samarali reklama qilishlari uchun imkon yaratadi.

– Yangi tashkil etilgan bizneslar uchun o‘z veb sahifasiga ega bo‘lish qay darajada muhim deb o‘ylaysiz?

Bugungi kunda o‘z veb sahifasiga ega bo‘lmagan bizneslarni 90-yillarning telefon raqamiga ega bo‘lmagan bizneslariga qiyoslash mumkin. Umuman olganda, internet reklamalarining bir qismi bevosita kompaniya veb sahifasi bo‘lishini talab etadi (masalan, qidiruv bo‘yicha optimallashtirish). Bundan tashqari, internet reklamalarda asosiy maqsad potensial xaridorlarni kompaniya veb sahifasiga olib o‘tish hisoblanadi. Kompaniyalarning veb sahifasi qidiruvchi yoki tashrif buyuruvchilarda ayni brendga nisbatan ishonch hissini uyg‘otuvchi vosita desak ham ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

– Qiziquvchilar siz va sizning kompaniyangiz bilan qanday bog‘lanishlari mumkin?

Internet reklama va uning tadbirkorlarimiz bizneslarini siljitishdagi amaliy roli chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lgan va kompaniyamiz yangiliklaridan muntazam xabardor bo‘lishni istagan tadbirkorlarimiz uchun:

Telefon: 8 (371) 233-49-03

Elektron manzil: info@zipwolf.com

Telegram: https://t.me/mbcUzbekistan

Facebook: https://www.facebook.com/zipwolf.zipwolf/

Fikr bildirish

Latest from Blog