Qirg‘izistonning saylangan prezidenti inauguratsiya marosimi 120 ming dollarga tushadi

Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiya marosimi mamlakat byudjetiga 120 ming dollarga tushadi. Bu haqda «Interfaks» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Bulak.kg

Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan Jeenbekovning inauguratsiya marosimiga bag‘ishlangan tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi majlisida asosiy tashkiliy masalalar muhokama qilindi va tegishli davlat organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, inauguratsiya qilishning taxminiy qiymati 8 million 404 ming 248 som (120 ming AQSh dollari) miqdorida belgilandi», – deydi matbuot kotibi.

Tantanali marosimda 450 nafar kishi taklif qilingan: jamoatchilik, ijodiy va ilmiy ziyolilar vakillari, parlament a’zolari, hukumat a’zolari, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar vakillari shular jumlasidan.

Avvalroq, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev saylov natijalariga bag‘ishlangan matbuot konferentsiyasida yangi prezidentning tantanali inauguratsiya marosimidan so‘ng ta’tilga ketishini aytgan edi.

Latest from Blog