Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Jeenbekovning tashrifi 13—14-dekabr kunlariga mo‘ljallangan.
Qirg‘iziston prezidenti bugun, 11-dekabr kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevni qabul qildi. Uchrashuv mobaynida tashqi ishlar vaziri prezidentning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi.