Qirg‘iziston hukumat raisi O‘zMUda “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi bilan tanishdi

Shu yil 2-3-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejashtirilgan MDH a’zo davlatlar hukumat raislari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isaqov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Korrespondent O‘zbekiston»ga universitetning jurnalistika fakulteti online jamoasi xabar qildi.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston» / Islomxo‘ja Ayxo‘djayev

Qirg‘izistonlik mehmonlar O‘zMUda tashkil etilgan “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston» / Islomxo‘ja Ayxo‘djayev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zMU rektori Avazjon Marahimov, publitsist Ahmadjon Meliboyev va boshqalar atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov allaqachon millionlab o‘zbek kitobxonlari qalbidan munosib joy olgani haqida so‘z yuritishar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shu yil 5-6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifini amalga oshirgan chog‘ida ulug‘ yozuvchi Chingiz Aytmatovning o‘zbek va qirg‘iz xalqlari haqida “Xalqlarimizning qoni bir, tili bir” degan hikmatli so‘zlarini misol qilib keltirgani barchada katta qiziqish uyg‘otganini alohida ta’kidladilar.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston» / Islomxo‘ja Ayxo‘djayev

Ekspozitsiya mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular atoqli adib Chingiz Aytmatovning yaqinda chop etilgan to‘la asarlar to‘plamlarini tuhfa etdilar. Tashrif buyuruvchilar uchun ekspozitsiya hamisha ochiq.

Foto: «Korrespondent O‘zbekiston» / Islomxo‘ja Ayxo‘djayev

Latest from Blog