Qirg‘iziston bilan avtomobil qatnovlari togrisidagi bitimning ozgartirish kiritilgan bayonnomasi kuchga kirdi

2017-yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Mazkur hujjat 2017-yil 6-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIB matbupot xizmati.

Foto: Sputnik

Bayonnoma hukumatlararo bitimni qo‘llash ko‘lamini kengaytirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar o‘z davlatlari hududida erkin tranzit rejimini bir-biriga taqdim etadilar va kafolatlaydilar, shuningdek, «Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtam – Qashg‘ar» avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.

Fikr bildirish

Latest from Blog