Qirg‘iziston 20-dekabrdan O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qiladi

Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi 20-dekabrdan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazishni boshlaydi. Xoldingning rejalari haqida boshqaruv raisi Oybek Qaliyev bayonot berdi, deb xabar qiladi Tazabek nashri.

Foto: Tazabek

Aytilishicha, O‘zbekiston bilan tuzilgan shartnoma 2017-yil dekabridan 2018-yil martiga qadar 550 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishini nazarda tutadi.

Energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi munosabati bilan 13-dekabrdan To‘xtagul GESda ikkinchi agregat ishga tushirildi.

Latest from Blog