Qirgʻiziston Qambar-Ota GESi uchun yangi investorlarni topdi

Qirgʻiziston  Norin daryosining yuqori oʻzanida qurilishi rejalashtirilgan GESlar kaskadi uchun yangi investorlarni topdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Almazbek Atambayev.

Foto: Minval.az

“Biz Norin daryosining ustki  qismida qurildigan GESlar uchun investor topdik. Shartnoma iyul oyining oxirida imzolanadi”, — dedi Almazbek Atambayev Moskvaga boʻlgan tashrifi vaqtida.

Dastlabki kelishuvga koʻra, Qambar-Ota GESi qurilishida Oʻzbekiston va Qozogʻiston sarmoyalaridan foydalaniladi.

“Bu borada biz daryoning  quyi oʻzanida joylashgan mamlakatlar – Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan birgalikda qaror qabul qilishni istaymiz. Dastlabki kelishuvlarga koʻra, ularning ikkalasi ham bunga rozi», — dedi Atambayev.

Qambar-Ota GESini qurish qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra  3 mlrd. dollarni  tashkil qiladi. Dastlab GES qurilishida Rossiya bosh sarmoyador boʻlishi haqida kelishilgan edi,  lekin keyinchalik Rossiya ushbu shartnomadan voz kechdi.

Daryoning quyi oʻzanida joylashgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston Qambar-Ota GESi qurilishi Oʻrta Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi tufayli, unga qarshi boʻlishgan edi.

Atambayevning fikriga koʻra, Rossiyaning «Oʻrta Osiyoning barcha suv resurslariga kalit boʻlgan», Qambar-Ota GESidan voz kechishi — katta xato boʻlgan.

“GES masalalasida men Vladimir Vladimirovichga shunday dedim: bu Rossiya tomonidan yoʻl qoʻyilgan katta xato boʻldi. Bir kun kelib siz buni tushunasiz va taaluqli muassasalar rahbarlarini jazolaysiz”, — dedi Atambayev.

Eslatib oʻtamiz, Alamazbek Atambayev 20-iyun kun Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif davomida Qirgʻiziston prezidenti Rossiya prezident Vladimir Putin bilan 20-iyun kuni uchrashgan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog