Joriy yilning 9-dekabr kuni Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan 1969-yilda tug‘ilgan A.N.ning IIBga yozgan arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Zangiota tumanida yashovchi uy bekasi 1964-yilda tug‘ilgan N.B. Qibray tumanida joylashgan kafeda A.N.ga 12,3 gramm «marixuana» giyoxvand moddasini bir million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovni IIB olib bormoqda.
Bunga qadar, Chinoz tumanida o‘tkazilgan “Tozalash-antiterror” tezkor tadbiri davomida Chinoz tumani Sutchilar mahallasida yashovchi, nafaqaho‘r, 1958-yilda tug‘ilgan M.B.ning uyi xolislar ishtirokida gumonlanib tekshirilganda, uyidan 1253,8 gramm «marixuana» giyoxvand moddasi aniqlangan edi.