Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 9-fevral, soat 20:30 larda jinoyat sodir etildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Tumanning “Ravot” MFY, Tog‘ etagi ko‘chasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan X.Qurbonovning uyida oilaviy janjal yuz beradi. Mojaro asnosida X. Qurbonov otasi Sh.Ro‘ziyevning biqiniga pichoq urib, jarohat yetkazadi.
Sh.Ro‘ziyev olingan jarohatlar oqibatida 10-fevral kuni soat 16.50 larda hayotdan ko‘z yumdi. X.Qurbonov qo‘lga olindi.