Qarshi shahridagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasining bir qismi yonib ketdi

Qarshi shahrida 2018-yil 25-dekabr kuni I. Karimov koʻchasida joylashgan 1-sonli Asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasining 2-qavatida yongʻin sodir boʻldi, deb xabar bermoqda IIB matbuot xizmati.

Foto: Russia Today

Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin shifokorlar tomonidan oʻchirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kv.m. maydoni yonib zarar koʻrgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv ishlari natijasida yongʻin elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qoʻyilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog