Qamchiq dovonida isinish punktlari tashkil qilindi

Qamchiq dovonining alohida murakkab bo‘laklarida tashkil qilingan isitish va ovqatlanish punktlari yo‘lda to‘xtab qolgan transport haydovchilari va yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

«O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri R. Jo‘rayev A-373 sonli «Toshkent-Osh» yo‘lining “Qamchiq” dovonidagi isitish punktlari hamda transport harakati uzuluksizligini ta’minlovchi tashkilotlar faoliyati bilan shaxsan tanishdi», — deyilgan xabarda.

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra “Qamchiq” dovonida transport hakaratining uzuluksizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy ravishda vazirlik nazorasti ostida.

Latest from Blog