Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.
“Vatanimiz, yaxlitligimizni himoya qilish uchun qisman safarbarlikni qo‘llab-quvvatlash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Rossiya rahbari.
Uning aytishicha, muddatli harbiy xizmatga faqat hozirda zaxirada bo‘lganlar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayyan harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bo‘linmalarga jo‘natilishdan oldin “maxsus harbiy operatsiya” uchun qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.
Safarbarlik tadbirlari 21-sentabr kuni boshlanadi. Putin hududlar rahbarlariga “harbiy komissarliklar ishi uchun zarur barcha yordamni ko‘rsatishni” buyurdi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, qisman safarbarlik chog‘ida 300 ming zaxiradagi askar chaqiriladi.