Prezident Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni bir millionga yetdi.
10 oyda millionta murojaatning kelib tushishi xalqning davlat rahbariga, mazkur yangi institutga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatadi. Bu raqam Virtual qabulxona aholi muammolarini hal qila oladigan mexanizm ekanligini ham tasdiqlaydi», – deyiladi virtual qabulxona saytida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 2016-yil 24-sentabrda ishga tushgan edi.
Murojaatlarning eng ko‘p qismi – 49 foizi ishonch telefonlari orqali, 36 foizi veb-sayt orqali va 15 foizi Xalq qabulxonalariga yo‘llangan.