Poytaxtda Tashkent City’dan boshqa yana bir yuqori texnologik markaz — High Tech City quriladi

22-noyabr kuni Seulda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonning investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va POSCO–Daewoo korporatsiyasi o‘rtasida High Tech City zamonaviy ma’muriy va turar-joy majmuasi qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi. O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazining aniqlashtirib o‘tishicha, ushbu loyiha Tashkent City biznes markazi qurilishi bilan bog‘liq emas.

Foto: Daryo.uz

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahrida 60 gektar hududda ko‘p funksiyali majmua qad ko‘taradi. Uning ichida ofis binolari, savdo-ko‘ngilochar maydonlar, turar-joy binolari, bog‘ zonalari bo‘ladi. Ular ultrazamonaviy uslubning oddiylik va yuqori texnologiyalar bilan uyg‘unligida rejalashtiriladi.

Ayni paytda kelishuv imzolagan tomonlarning qo‘shma ishchi guruhi tashkil etilgan bo‘lib, ular loyiha realizatsiyasining umumiy konsepsiyasi ustida ishlamoqda.

Latest from Blog