Beata Shidlo Polsha Bosh vaziri lavozimini tark etdi, deya xabar beradi Polskie Radio, mamlakatning «Qonun va adolat» partiyasi vakiliga tayanib.
«Beata Shidlo iste’foga chiqdi va biz uning qarorini qabul qildik», – dedi vakil.
U ayni vaqtda bosh vazir lavozimiga birinchilardan bo‘lib nomzod sifatida, bosh vazir o‘rinbosari hamda moliya va rivojlanish vaziri Mateuz Moravetskiy ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.