Peterburgdagi portlashda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi ham bor

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2017-yilning 28-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Perekrostok» savdo magazinida portlashda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi ham borligini maʼlum qildi. 

Portlash natijasida 10 kishi jarohatlangan. Ular orasida 1957-yil 10-iyunda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov bor. U Aleksandrovskiy nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Shifokorlar maʼlumotiga koʻra, I.Alikulovning ahvoli barqaror ogʻir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yoʻq.

TIV Konsullik boshqarmasi va Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada boʻlib, jabrlanganga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻrmoqda.

Latest from Blog