O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida talabalarning VIII An’anaviy mediakonferensiyasiga tayyorgarlik boshlandi. Bu haqda «Korrespondent»ga universitet ma’muriyati xabar qildi.
Mediakonferensiyada Respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilari, amaliyotchi jurnalistlar hamda AKT mutaxassislari ishtirok etishadi.
Bu gal jurnalistika va media olami yangiliklariga qiziqqan talaba yoshlar diqqati quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi:
1. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi va samarali targ‘iboti;
2. Messenjerlarda jurnalistika va blogging.
Shuningdek, Mediakonferensiya dasturi doirasida amaliyotchi mutaxassislar va o‘qituvchilar master-klass mashg‘ulotlari tashkil etilishi kutilmoqda. An’anaga ko‘ra, konferensiya spikerlari ham, moderatorlari ham – talabalar bo‘lishadi.