O‘zMUda qabul jarayonida ziyoga intilgan «Ziyoli snayperlar» qo‘lga tushdi

Shu kunlarda oliy o‘quv yurtlarida qabul jarayonlari avjida. Xo‘sh, hammasi risoladagidaymi? “Yollangan bilimdonlar” ham harakatga kelib qolgani bor gap. Shu savollar bilan O‘zMU Qabul komissiyasi Axborot xizmatiga murojaat qildik.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bu yil hujjatlar qabul qilishda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib qo‘yildi. Ayniqsa hujjatlarni onlayn tarzda ro‘yhatdan o‘tkazishni joriy etilganligi yangilik bo‘ldi.

Shu bilan birgalikda dasturiy vositalarning ishonchliligi, xavfsizligi masalalriga alohida e’tibor qaratildi. Hususan 2017-2018-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuli jarayonida hujjat topshiruvchini hujjatini qabul qilishda va test sinovlarini o‘tkazishda biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimi, shuningdek, yuzidan tanuvchi va barmoq izlari skaner orqali shahsni aniqlashga qaratilgan texnologiya qo‘llanilmoqda.

Shunga qaramasdan, 2017-yilning 11-iyul kuni O‘zMUning Jurnalistika va Fizika fakultetlariga 1993-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro Hasanov Bobur va 1998-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Yoqubov Shaxzodbeklar boshqa bir abituriyentning o‘rniga hujjatlarini topshirishga urinishganlarida mazkur dastur yordamida sohta abituriyent ekanliklari aniqlandi va huquq tartibot organlariga ma’lumotlari taqdim etildi.

Masalaning eng qiziq tomoni har ikki fuqaro ham o‘zini “Biz “ziyoli snayperlar”miz, hech qanday ayb ish qilganimiz yo‘q”deb da’vo qilishgan.

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Qabul komissiyasi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalarini yuqoridagi kabi “ziyoli snayperlar” ning tuzog‘iga ilinib qolmaslikka chaqiradi. Shuningdek, yuqoridagi yangi “aqlli texnologiya” 2017-yilning 1-avgust kuni O‘zMUning barcha fakultetlarida to‘liq ishlashini ham ma’lum qiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog