“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan shakar mahsulotiga nisbatan talabni to‘liq qondirish, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotni savdo nuqtalariga yetkazib berish, shakar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda, deb yozadi UzDaily.
Kompaniya matbuot kotibi U. Ro‘ziyev ma’lum qilishicha, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hukumat buyrug‘iga muvofiq, shakar importi bo‘yicha chet ellik sheriklar bilan shartnomalar imzolagan.
Bu harakatlardan asosiy maqsad — shakar narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, savdo va ishlab chiqarish korxonalariga uzluksiz yetkazib berish orqali uning taqchilligi oldini olish.
Ayni paytda shakarni aholiga bir kilogrammi uchun 5000 so‘mdan ziyod bo‘lmagan narxda sotish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Murojaat uchun telefon: +99871 129 59 59
Elektron pochta manzili: marketing@uzagroexport.uz, oziq-ovqat.uz