«O‘zbekneftgaz» rahbari ba’zi shahar va qishloqlar nega gazsiz yashayotgani haqidagi savolga javob berdi

Xalqaro Press-klubda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda istiqboldagi rejalar va yangi loyihalar bilan bir qatorda sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Foto: Gazeta.uz

«So‘nggi yillarda gaz sohasini loyihalashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Hech kim unga egalik qilmagan. Deylik, quvurlar bor, lekin loyihalar tizimi bo‘yicha hech kim hisob-kitob qilmagan. Hamma o‘z bilganicha ulanib olgan. Umumiy bir quvur yo‘q, e’tibor bergan bo‘lsangiz. Shu tariqa O‘zbekistonda gaz tizimi «o‘lgan». Natijada chekka hududlarning gaz bilan ta’minlanishi izdan chiqqan», – deydi «O‘zbekneftgaz» MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonov.

Anjumanda mamlakatning aholi hududlarini gazlashtirish masalasida ham savollar bo‘ldi. Bunga javob berarkan, «O‘ztransgaz» vakili gaz ta’minotini amalga oshirishda hisob-kitoblarning to‘liq yakuniga yetmagani so‘nggi yillarda salbiy natijalarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi.

Oqibatda sovuq kunlarda gaz bosimining pasayishi va ta’minotda uzilish holatlari yuzaga kelmoqda. Mutasaddining qayd etishicha, tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan joylar yilma yil o‘rganilib, mazkur hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Avval tabiiy gaz ta’minotidan foydalangan va yaqin bir necha yillar ichida ta’minot to‘xtatilgan hududlarga gazni qaytarish uchun «O‘zbekneftgaz» rahbari belgilangan davlat dasturlari asosida suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berish choralari ko‘rilayotganini aytib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda, gaz ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarda uni behuda sarflanishi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog