“O‘zbekkonsert” 5 oy deganda Sharof Muqimovning litsenziyasini qaytardi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sovrindori Sharof Muqimov, xonandalar Aziza Niyozmetova va Sherali Bekmurodov litsenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlarni buzganliklari uchun ularga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan joriy yilning 11-iyul sanasidan tugatilgan edi.

Foto: Instagram / Sharof Muqimov

3-dekabr kuni “Nihol” mukofoti sovrindori Sharof Muqimov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “O‘zbekkonsert” davlat muassasasidan yana litsenziya olganini ma’lum qildi.

“Bugun kayfiyat ko‘tarildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida kontsert-tomosha, televideniye efirlarida ko‘rinish imkoniyati va xalqimizning eng yaxshi kunlarida xizmat qilishimiz uchun 1 yillik – 2018-yil so‘nggiga qadar litsenziya bilan meni siylashdi”, deb yozadi Sharof Muqimov.

Latest from Blog