Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent viloyatining yirik shaharlari va viloyatlar markazlarida Rossiya prezidentligi saylovlariga muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazadi, deb xabar beradi Podrobno.uz nashri.
Saylov kuni va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumot elchixona saytining maxsus bo‘limiga joylashtiriladi.
“Biz ommaviy axborot vositalari xodimlariga saylovni qayerda va qachon bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlarni yoritishsa minnatdor bo‘lgan bo‘lar edik”, deb ta’kidladi diplomatik vakolatxona rahbari Vladimir Tyurdenev Toshkentda 2017-yilda Rossiya-O‘zbekiston hamkorligiga bag‘ishlangan uchrashuvda.