O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi

25-yanvar kuni Xalqaro press-klubda «Davlat dasturi-2018»: Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Foto: Futurezone.de

Yaqin kelajakda O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qilgan.

“Bu oldimizda turgan strategik yo‘nalishlardan biri. Sababi bizda aerokosmik tadqiqotlar yo‘qolib ketgan edi. Davlat rahbari o‘z murojaatnomasida ham bu haqda juda to‘g‘ri aytdi. 25 yil davomida bu sohada faoliyat olib bormadik va aerokosmik hududimizda bizda egalik yo‘q. Shundan kelib chiqib, bu sohada hozir strategik rejalar ishlab chiqilyapti, qo‘yiladigan eng katta qadamlardan biri – yaqin vaqtlar ichida o‘zimizning sun’iy yo‘ldoshlarimizni uchiramiz. O‘zbekistonning aerokosmik hududida sun’iy yo‘ldoshlarimiz bo‘ladi”, – deya aytib o‘tgan vazir.

Tadbirda O‘zbekiston qachondan o‘z sun’iy yo‘ldoshiga ega bo‘lishi, bu borada kimlar bilan muzokaralar olib borilayotganiga oydinlik kiritilmagan.

Fikr bildirish

Latest from Blog