O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

© Interfax.uz / Namangan viloyatidagi "Gullar festivali" tantanalari.

O‘zbekiston aholisi Mustaqillik bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi.

2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq Mustaqillik bayramida ketma-ket uch kun dam olish kuni bo‘ladi:

1-sentabr, juma — bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2-sentabr, shanba:

  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentabr, yakshanba — barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Mehnat kodeksi 187-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Shu sababli 31-avgust, payshanba kuni xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog