O‘zbekistonga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti Ulyanovskda favqulodda qo‘ndi

Foto: Interfax.uz

Moskva-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli samolyot yakshanba kuni ertalab yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani sababli Ulyanovskda favqulodda qo‘ndi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati RIA Novostiga.

Matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, HY602 reysi Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi Uzbekistan Airways samolyoti soat 5:00da (Moskva vaqti bilan 3:00da) Ulyanovsk aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

«Ekipaj mazkur qarorni yo‘lovchilardan biriga, O‘zbekiston fuqarosiga, parvoz davomida ahvoli yomonlashgani sababli qabul qilgan. Yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatilib, u tibbiyot muassasasiga yetkazildi», — dedi Uzbekistan Airways vakili.

Shundan so‘ng samolyot parvozni davom ettirib, Toshkentga muvaffaqiyatli yetib bordi, deb qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Latest from Blog