O‘zbekistonga qaytgan IShID a’zosi qo‘lga olindi

Turkiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan IShID a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qosimov Axrorjon Alijon o‘g‘li MXXning tezkor tadbirlari natijasida qo‘lga olindi.

Foto: Gazeta.uz

Axror Qosimov 2011-yilda Turkiyaga ishlash maqsadida chiqib ketadi va u yerda talonchilik bilan shug‘ullanadi.

2013-yilda u bunday jinoyatlari uchun Istanbul shahar sudi tomonidan 11 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Qamoqda ekanligida Suriyadagi IShID terrorichilik guruhi tarafdori bilan tanishadi va 2015-yilda ularning yordami bilan qamoqdan qochadi.

Istanbulning Kayashahir mavzesidagi Suriyaga o‘tkaziladigan shaxslarning vaqtinchalik yashash manziliga joylashadi.

Axror Qosimov turk tilini yaxshi bilgani uchun Suriyaga yuboriladigan va kutib olinadigan IShID tarafdorlarini qabul qilish va kuzatish ishlari bilan shug‘ullangan.

Keyinchalik u O‘zbekistonga kelish uchun zimdan tayorgarlik ko‘rib borgan va qalbaki pasport bilan Gruziya hamda Rossiya orqali o‘z vataniga kirib kelishni maqsad qilgan.

MXX xodimlarining kuzatuvida bo‘lib turgan Axror Qosimov O‘zbekistonga kirib kelganida qo‘lga olindi. Ayblanuvchi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog