/

O‘zbekistonga IKEAning Ural analogi eksport qilinadi

Foto: Jaap Arriens / NurPhoto via Getty Images

Sverdlovsklik tadbirkorlar “IKEA” kompaniyasining Ural analogini O‘zbekistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Sverdlovsk viloyatdan mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi shved raqobatchisi “IKEA»ni siqib chiqarishga tayyor.

Hozirda mebel va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchi “Stella” kompaniyasi O‘zbekiston bozorini zabt etishni rejalashtirmoqda, xabar beradi viloyat televideniyasi.

“Biz assortimentimizdan yasashimiz mumkin bo‘lgan turli javonlar, suratlar uchun romlar kabi materiallarni ishlab chiqarishga harakat qilamiz”, — deydi kompaniya tijorat direktori Vyacheslav Zabotin.

Korxona tovar aylanmasining 15%i eksportga to‘g‘ri keladi. Yil boshidan beri ishlab chiqaruvchilar Armaniston va Turkmaniston bozoriga kirishdi. Endi esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar navbatdagi hamkor bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog