Kanadada oltin oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan eng yirik kompaniyalardan biri Kitco 2021-yilda ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik oltin konlari reytingini tuzdi. Unda birinchi o‘rinni O‘zbekistondagi “Muruntov” oltin koni egallagan.
O‘zbekistonda joylashgan “Muruntov” kon kompleksi ochiq usulda kon va yig‘ma yuvish operatsiyalarini olib boradi. Kon 2021-yilda 2 mln unsiyadan sal ko‘proq oltin qazib olgani taxmin qilinmoqda.
“Navoiy” davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan kon 3,3 km uzunlikda, eniga 2,5 km va 600 m chuqurlikda joylashgan. Konning resurs bazasi 150 mln unsiyaga baholanishini hisobga olsak, “Muruntov” yaqin kelajakda dunyodagi eng yirik oltin koni unvonini saqlab qoladi. “Muruntov” oltin koni 2020-yilda ham xuddi shuncha oltin ishlab chiqarib, bu borada birinchi bo‘lgan edi.