Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Navoiy davlat konchilik institutida va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida sirtqi bo‘limlar ochiladi. Bu haqda Uz24.uz xabar bermoqda.
Bu Prezidentning «2017/2018-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.
- Hujjatda maxsus sirtqi bo‘lim negizida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda bilim olishni ta’minlash maqsadida
- Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida 100 nafar — davlat grantlari bo‘yicha 15ta va to‘lov-kontrakt asosida 85ta;
- Navoiy davlat konchilik institutida to‘lov-kontrakt asosida 90 nafar;
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida to‘lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.
Avvalroq, yangi o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul bo‘yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66 316 nafar etib belgilangani xabar qilingandi. O‘tgan yilgi qabul kvotasi (57 907 nafar) bilan taqqoslaganda 2017/2018-o‘quv yilida 8 409 nafardan ko‘p talaba o‘qishga qabul qilinadi.