O‘zbekistonda sentabrdan beri jami 14,4 mlrd so‘mlik “chiroyli avtoraqamlar” sotildi

O‘zbekistonda avtomobillarning davlat raqam belgilarini sotishga ixtisoslashgan auksionlarda sentabr oyidan beri 14,4 milliard so‘mlik raqamlar sotildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

VFL.RU - ваш фотохостинг
Foto: Daryo.uz

Yangi savdo platformasi ishga tushirilishi avtotransport egalari orasida katta qiziqish uyg‘otgan. Tizimda har kuni o‘rtacha 10 bitim tuzilmoqda.

Raqamlar uchta toifaga bo‘lingan holda sotilmoqda. Misol uchun, uchta bir xil sondan iborat avtoraqamning boshlang‘ich narxi eng kam ish haqining yuz barobariga teng. O‘tgan davrda onlayn auksionlar orqali sotilgan 684 avtoraqamning qiymati 14,4 milliard so‘mdan oshdi.

Jasur Yunusov, Respublika tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati mutaxassisi

Xaridorlarning tarkibiy tuzilmasida yetakchi o‘rinni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egallamoqda. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlari xaridorlari joylashgan.

O‘tkazilayotgan raqobatli savdolar jarayonida avtoraqamlarning oliy toifasi bo‘yicha 249 ga yaqin talabnoma, ikkinchi va uchinchi toifaga o‘rtacha 54-30 ta narx taklifi berilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 777 AAA davlat raqam belgisi auksionda 301 million so‘mga, Qoraqalpog‘istonda esa A 777 AA avtoraqami salkam 100 million so‘mga sotilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Latest from Blog