O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

0024 Korrespondent.uz saylov uzbekistan election
Foto: Kun.uz

Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimi shakllantiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning butun hududida Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilish va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududlarda tizimning samarali ishlashini ta’minlashga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi.

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi esa ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi.

Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, 2019-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda uyma-uy yurib aylanish orqali fuqarolarning pasport ma’lumotlarini IIV axborot bazasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi. Jarayonga sektor rahbarlari ham jalb etiladi.

Ma’lumotlar bazasi yana bir bor manzillar bilan qo‘shib, aniqlashtiriladi, natijada propiska olishi kerak bo‘lgan fuqaroga ham, o‘z navbatida, soliq to‘lovchiga ham qo‘shimcha qulaylik yaratiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog