O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgani valyuta bozoridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqmi?

Narx-navoning keskin oshayotgani, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi bugun ko‘pchilikning muhokama mavzusiga aylangan. Ayrimlar narxlarning oshishiga oylik maoshlarning oshganini bosh omil qilib ko‘rsatsa, boshqalar xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.

Foto: OpenMonte.com

Aslida-chi? Narxlar oshishiga nima sabab bo‘lmoqda? Ushbu savollar yuzasidan UzAga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘z izohini berdi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatimizda inflyatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari (umumiy inflyatsiya darajasining 48,0 foizi), nooziq-ovqat tovarlari (39,6 foizga oshgan) hamda xizmatlar tariflarining (12,4 foizga oshgan) oshishi inflyatsiyani shakllantiruvchi asosiy sabablar bo‘lgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi tahlil qilinganda narxlarning yuqori o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Jumladan:

Qish-bahor mavsumida zaruriy miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborxonalar, muzlatkichlar yetarli darajada emas.

Viloyatlar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi issiqxonalar talab doirasida elektr-energiya, issiqlik va boshqa zaruriy manbalar bilan ta’minlanmagan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish tizimi yetarli darajada tashkil qilinmagan.

Ma’lumot uchun: 2017-yilda olma va nok narxi – 71, foizga, uzum – 79,6 foizga, piyoz – 44,2 foizga, sabzi – 23,6 foizga, bodring – 187,3 foizga, pomidor – 63,2 foizga va kartoshka – 64,2 foizga oshgan hamda ularning umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri 22,7 foizni tashkil qilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog