O‘zbekistonda 2017-yilda neft qazib olish hajmi 6,3 foizga kamayib, 806 ming tonnani tashkil etdi. Tabiiy gaz qazib olish hajmi esa 0,5 foizga o‘sib, 56,4 mlrd kub metrga yetdi, deya xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi.
Mahkama ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil benzinini ishlab chiqarish 2,5 foiz yoki 1,1 mln tonnagacha, dizel yonilg‘isi — 4,5 foiz yoki 962,9 ming tonnagacha kamaygan.
Ayni paytda «O‘zbekneftgaz» quvvatlari yiliga 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 11,2 mln tonna suyuq uglevodorodlarni qazib olishni ta’minlaydi. So‘nggi yillarda respublikada gazga bo‘lgan talab 1,3 barobarga o‘sib, har yili 50 mlrd kub metrni tashkil etadi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 3 foizga o‘sib, 60 mlrd kVt/s, issiqlik energiyasi esa 4,5 foizga pasayib, 27 mln Gkalni tashkil etdi.
Qayta ishlash sanoati korxonalari mahsulotlari hajmi 112,7 trln so‘m yoki umumiy hajmning 78,1 foizini tashkil etdi. Bunda tog‘-kon sanoati va karerlarni ishga tushirish 18,3 trln so‘m (12,7 foiz), elektr ta’minoti, gaz, bug‘ va sovitilgan havoni yetkazib berish — 12,1 trln so‘m (8,4 foiz) hamda suv ta’minoti, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish — 1,1 trln so‘mni (0,8 foiz) tashkil etdi.