Bu haqda Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi vakili Erkin Nazarov “O‘zLiDeP press-klubi”ning navbatdagi sonida ma’lum qildi.
“Yurtimizda 300 ga yaqin neft-gaz konlari mavjud bo‘lib, ularning zaxirasi 40 yilga yetishi aniqlangan. Shu bilan birga, uran xomashyosi bo‘yicha ham 15 yilga yetadigan zaxira aniqlangan. Hozirgi kunda taxminan 50 milliard kub atrofidagi gaz borligi aniqlangan”, — degan u.
“Bu 40 yilda zaxiramiz tugaydi degan gap emas. Har yili geologiya qidiruv ishlari amalga oshiriladi va neft, gaz, uran va boshqa xomashyolar bo‘yicha to‘liq zaxiralar aniqlanib boriladi”, — deya qo‘shimcha qilgan qo‘mita vakili.