O‘zbekistonda kosmonavtika sohasini rivojlantirishda muhim qadam qo‘yildi

12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Foto: Vistanews.ru

Farmoyishda qayd etilishicha, O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun bazaviy infratuzilma hamda ulkan imkoniyatlar mavjud.

Ammo, so‘nggi yillarda kosmonavtika sohasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmagan, xalqaro hamkorlik to‘xtatilgan, infratuzilma esa hozirgi kun talabiga javob bermaydi.

Farmoyish bilan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida ishchi komissiya tuzilmoqda.

Komissiya fazoviy va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha texnik iqtisodiy loyihalarni kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalarni o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi, sputnik aloqasi bo‘yicha milliy tizimni yaratish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog