Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh radiatsiyasi, shamol tezligi va yo‘nalishi, havo harorati va namligi hamda yog‘ingarchilik miqdorini o‘lchab borish meteostansiyasining sanoat namunasi yaratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, meteostansiya boshqaruv dasturi ishlab chiqildi va Intellektual mulk agentligidan elektron hisoblash mashinalari (EHM) dasturi uchun patent guvohnomasi olingan.
Meteostansiya datchiklaridan olingan ma’lumotlar distansion tarzda asosiy kompyuterga uzatiladi va tahlil qilib boriladi.