O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlar bo‘yicha yangi aviaqatnovlar joriy etildi

Illyustrativ foto: Interfax.uz

Uzbekistan Airways 27-sentabrdan respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi qatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Andijon—Samarqand—Andijon yo‘nalishi. Ushbu yo‘nalish dushanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 206 184 so‘mdan, borib-qaytish chiptasi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.:

Samarqand—Namangan—Samarqand yo‘nalishi chorshanba shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 227 888 so‘mdan, borib-qaytish chiptasi esa 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Urganch—Farg‘ona—Urganch yo‘nalishi chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 314 702 so‘mdan, borib-qaytish chiptasi 596 849 so‘mdan boshlanadi.

Samarqand—Farg‘ona—Samarqand yo‘nalishidagi qatnovlar juma kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 227 888 so‘mdan, borib-qaytish chiptasi 434 072 so‘mdan boshlanadi.

Namangan—Buxoro—Namangan yo‘nalishidagi qatnovlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 292 998 so‘mdan, borib-qaytish 596 849 so‘mdan boshlanadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog