O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus kiyim-boshi, atributikasi va farqlovchi belgilari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10-aprelda imzolangan ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish to‘g‘risidagi Farmonida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Daryo” nashri.
Maxsus kiyim-bosh va atributikani qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi 2018-yil iyuliga qadar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Mazkur qaror ularning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangilash va unifikatsiyalash, shuningdek, fuqarolar ongida ichki ishlar organlari to‘g‘risida ijobiy tasavvurlarni shakllantirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.