O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandum Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida imzolandi, deya xabar qildi tashrifni yoritish bo‘yicha matbuot markazi.

Foto: russiatimes.org

Seulda O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev hamda Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Edvard Kim mazkur hujjatga imzo qo‘ydi.

Loyihani 200 mln dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Evergreen Motors — KIA va Hyundai kompaniyalarining MDHdagi rasmiy distribyutori.

Latest from Blog