“O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda har kimga internetdan erkin foydalanish huquqi berilmoqda.
Konstitutsiyaning 29-moddasiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
“Har kim internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega. Mazkur huquqlarni cheklashga faqat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, jamoat xavfsizligini hamda tartibini himoya qilish, shuningdek, davlat siri yoki boshqa sir deb e’tirof etilgan axborot oshkor etilishining oldini olish bilan bog‘liq hollarda, qonun bilan yo‘l qo‘yiladi”.
2022-yilning 16-mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshladi. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklandi.