O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 31-oktabrdan boshlab amal qiladigan yangi qiymatlarini belgiladi.
Xabar berishlaricha, 1 AQSh dollarining kursi 8 so‘m 51 tiyinga oshib, 8 078 so‘m 12 tiyinga yetgan. Qayd etish joiz, AQSh dollari kursi so‘nggi uch haftadan buyon o‘sishda davom etmoqda — bungacha dollar kursi besh hafta davomida faqat pastlagan edi.
31-oktabrdan e’tiboran Markaziy bank kursi bo‘yicha 1 yevro qiymati 9 381,12 so‘m (-115,20 so‘m), 1 rubl qiymati 139,27 so‘m (-1,04 so‘m), 1 Xitoy yuani esa 1 215,94 so‘m (-1,10 so‘m).
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatlarini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Markaziy banki mazkur valyutalarning ushbu qiymatda sotish yo sotib olish majburiyatini olmagan.