O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p qaysi modeldagi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

© Interfax.uz

O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida 76 512 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

  • Cobalt — 76 512 dona;
  • Lacetti-Gentra — 58 283 dona;
  • Damas — 60 052 dona;
  • Tracker — 28 253 dona;
  • Onix — 22 082 dona;
  • Chery — 7 335 dona;
  • Maxsus yengil avtomobillar — 15 635 dona.

UzAuto Motors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Oradan bir kun o‘tib, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatildi.

Keyinroq kompaniya matbuot xizmati 4-avgustdan boshlab deyarli 51 mingga yaqin Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnomalarga to‘lov amalga oshirilganini ma’lum qildi. Ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilgani sabab, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha avtomobillar 2023-yilda o‘z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi.

18-oktyabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oshirdi. “Chevrolet.uz” saytidagi yangilangan maʼlumotlarga ko‘ra, ayrim modellar narxi 9 million so‘mgacha qimmatlashgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog