AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, unda oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mexanizmlari haqida ma’lumot berilgan. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 36 holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilib, 176 nafar fuqarolar jabrlangan, ulardan 52 nafarini bolalar tashkil etgan. 440 tonna oziq-ovqat mahsuloti va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlangan.