O‘zbekiston 2018-yilning 10-fevralidan 7 mamlakat: Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartibni joriy etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga doimiy aviaqatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarining ekipaj a’zolari uchun ham vizasiz rejim joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Vizasiz tartib amal qilinuvchi davlatlar soni shu bilan 16 taga yetadi. Ani paytda 9 davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz yurish huquqi berilgan.
Farmon bilan 10-fevraldan 39 davlat (ro‘yxat — quyida) sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonga taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati yoki turistik vaucherni TIVga taqdim etish talabi bekor qilinib, vizani rasmiylashtirish muddati hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmaganda ikki ish kunidan oshmasligi belgilandi. Shunday qilib, soddalashtirilgan viza tartibiga ega davlatlar soni 15 tadan 51 taga ko‘paydi.
Bundan tashqari, farmonda 2018-yil 1-iyuldan elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimini joriy etish vazifasi topshirilgan.
Soddalashtirilgan viza tartibi joriy etilgan davlatlar:
Avstraliya
Albaniya
Andorra
Bolgariya
Bosniya av Gersegovina
Vatikan
Vengriya
Gretsiya
Daniya
Hindiston
Irlandiya
Islandiya
Kuvayt
Kanada
Litva
Xitoy, jumladan Gonkong
Lixtenshteyn
Lyuksemburg
Makedoniya
Malta
Monako
Niderlandiya
Yangi Zelandiya
Norvegiya
BAA
Ummon
Portugaliya
Ruminiya
San-Marino
Saudiya Arabistoni
Serbiya
Slovakiya
Sloveniya
AQSH
Finlyandiya
Xorvatiya
Chernogoriya
Shvetsiya
Estoniya
Soddalashtirilgan viza tartibi amalda bo‘lgan davlatlar
Avstriya
Belgiya
Buyuk Britaniya
Germaniya
Ispaniya
Italiya
Latviya
Malayziya*
Polsha
Tailand
Turkiya*
Fransiya
Chexiya
Shveysariya
Yaponiya*
* vizasiz tartib joriy etilgan davlatlar