O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi

Foto: Repost.uz

Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev 10-aprel kuni 81 yoshida vafot etdi. Uning qizi, aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida otasi vafoti haqida xabar bergan.

Aktyor soʻnggi yillarda ogʻir xastalikka chalingan, oʻtgan haftada shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga ogʻir ahvolda joylashtirilgandi.

Keyinchalik aktyorning ahvoli ogʻirlashib, komaga tushib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Lutfulla Saʼdullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1965-yilda Teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1963-yildan kinoda rol ijro eta boshlagan. 1968-yilda hamkasbi Gulchehra Saʼdullayevaga uylangan.

1963–2007-yillarda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrida faoliyat koʻrsatgan. 2008-yildan Respublika yosh tomoshabinlar teatrida ishlay boshlagan.

Faoliyati davomida taxminan 200 ga yaqin spektakllarda rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan oshadi.

Oʻzbek kinotomoshabini uni “Bahor qaytmaydi” videofilmidagi Alimardon Toʻrayev, “Odam boʻlish qiyin”dagi Abdulla, “Shaytanat” serialidagi Qilich Sulaymonov, “Otalar soʻzi”dagi ishtiroki, shuningdek “Osmondagi bolalar”, “Fotima va Zuhra” va “Tsunami” kabi filmlaridagi rollari orqali eslab qoladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog