Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori professor Avazjon Marahimov M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti rektori professor Viktor Sadovnichiy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda universitet ma’muriyati «Korrespondent O‘zbekiston»ga xabar qildi.
Ushbu hujjatda talabalar almashinuvi, yosh olimlarning ilmiy hamkorligini kuchaytirish, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ko‘zda tutilgan.