O‘zbekiston va Fransiya yilqichilik sohasida o‘zaro hamkorlik qiladi

O‘tgan haftada O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Frantsiyada bo‘ldilar. Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Beshinchi respublikaning otchoparlar boshqaruvi hamda zotli, sport va xizmat otlarini yetishtirishda zamonaviy uslublardan foydalanish tajribasi bilan tanishdilar, deya xabar qildi «Jahon» AA.

Foto: «Jahon» AA

Ma’lumki, Fransiya ot sportini rivojlantirish, poygalar tashkil etish, ot zotini yaxshilash va zotli otlar yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Juda ko‘p yillardan buyon bu mamlakat mutaxassislarining otchopar infratuzilmalarini qurish, chavandozlar uchun o‘quvlar tashkil qilish, sport otlarining zotlarini yaxshilash bo‘yicha ilg‘or uslublari hamda bilimlariga talab katta.

Fransiyaga safar chog‘ida o‘zbekistonlik mutaxassislar Yilqichilik tarmog‘i ustalari ittifoqi (UNIC), Ot sporti federatsiyasi (FFE), LeTrot chavandozlik bo‘yicha uyushmasi, Poyga va ot zotlari bo‘yicha qo‘mita (FRBC), Otchilik xizmati (FCS), PMU, Groupe Carrus/PMC, France Galop va Cheval Francais singari ot sporti marketingi va uni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar hamda PGM Télévision telekanali vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishdi.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog