DABS energetika kompaniyasi yaqin orada O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Afg‘onistonning Bog‘lon viloyati ma’muriy markazi Puli-Xumri o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasi qurilishini boshlaydi. Bu haqda TOLOnews agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi 1News.
Mazkur loyiha 14—15-noyabr kunlari Ashxabodda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy konferensiyada ikki davlat rasmiylari tomonidan ma’qullangandi.
Ekspertlar yangi liniya xususiy sektorda elektr energiyasi tanqisligini to‘ldirib, sanoat korxonalari rivojlanishiga ko‘mak berishini ta’kidladi.
DABS rahbari Omonulla G‘olibga ko‘ra, loyiha Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng start oladi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi davomida jami 14 ta kelishuv imzolanishini ma’lum qildi. Ular orasida Surxon — Puli-Xumri elektr energiyasini uzatish liniyasi loyihasi ham bor.