O‘zbekiston-Turkiya salomatlik haftaligi: 80 ta bemor bepul operatsiya qilindi

O‘zbekiston respublikasi va Turkiya Jumhuriyati Sog‘liqni saqlash Vazirliklari hamda Turkiya Jumhuriyati Bosh Vazir devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi – TIKA hamkorligida “O‘zbekiston-Turkiya Salomatlik xaftaligi” shu yilning 2-7-iyul kunlari 7 yo‘nalishda (anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar kardiovaskulyar jarrohligi, urologiya, ginekologiya, ortopediya, umumiy jarrohlik va bolalar jarrohligi) Turkiyadan kelgan jami 19 shifokor ishtirokida amalga oshirildi.

Foto: blogoduma.ru

TIKA tashkiloti va Turkiya Jumhuriyati Sog‘liqni Saqlash Vazirligi bilan Toshkentdagi va uzoq yillardan beri samarali hamkorlik qilib kelayotgan Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Chirchiq shahridagi Perinatal Markaz, Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlaridagi tug‘riq majmualari hamda Urganch shahridagi Onkologiya dispanseri va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining Urganch bo‘limidagi shifoxonalarda O‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi va 7,5 soat davom etgan og‘ir operatsiyalar ham amalga oshirildi.

“Salomatlik haftaligi” davomida O‘zbekistonlik va Turkiyalik shifokorlar o‘zaro tajriba almashdilar va og‘ir jarrohlik amaliyotlarida kamda kam ishlatiladigan uslub va texnikalarni qo‘llagan holda muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirdilar. Laporoskopik uslubda amalga oshirilgan operatsiyalarni video konferensiya vositasida bir necha o‘nlab O‘zbekistolik shifokorlar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, yurak operatsiyasi, tsistektomiya, nefrektomiya va bolalarda laporoskopik usulda qilingan operatsiyalar kameralar vositasida namoyish etildi.

O‘zbekistonlik va Turkiyalik shifokarlar ishtirokida 5 kun davom etgan operatsiyalar natijasida, 180 bemorga maslahatlar berilib, ulardan 80tasi bepul operatsiya qilindi. Bu operatsiyalarda 151ta o‘zbekistonlik shifokorlarning ishtirok etishlari ta’minlanib, Turkiyalik shifokorlarning amaliy va nazariy bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoni yaratildi.

“Salomatlik xaftaligi” doirasida shifokorlarga murojaat qilgan, lekin hozirda operatsiya qilish imkoniyati bo‘lmagan 6ta bemor bolalarning Turkiyada operatsiya qilinishi va davolanishlari bo‘yicha kelishib olindi. Bu bolalarning Turkiyadagi operatsiyalar bilan bog‘liq barcha harajatlari Turkiya Jumhuriyati tomonidan qoplanadi.

“Salomatlik xaftaligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vaziri Prof. Alisher Shadmanov va Vaziri O‘rinbosari Saydaliyev Saydmurod, “Salomatlik haftaligi” amalga oshirilgan klinikalarning rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda Turkiya Jumhuriyati Sog‘liqni Salash Vazirligi vakillari, TIKA tomonidan Gematologiya va qon quyish instituti qoshida tashkil etilgan “Suyak ko‘migi o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish markazi”ning faoliyati bilan tanishdilar va Turkiya Jumhuryatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Axmet Bashar Shen qabulida bo‘ldilar.

“Salomatlik haftaligi”ni muvaffaqiyatli amalga oshirishda Turkiya Jumhuryatining O‘zbekistondagi Elchixonasi, TIKAning Toshkentdagi Vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi vakillari, O‘zbekistondagi klinikalar va TRTning O‘zbeikstondagi Vakolatxonasi va Turkiyaning Anado‘lu Agentligi vakillari xamkorlikda ish olib bordilar.

Fikr bildirish

Latest from Blog