O‘zbekiston TIV rahbari AQShga tashrif buyuradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 14−21-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Korrespondent Uzbekistan 14
Foto: «Jahon» AA

O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining «Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari» nomli tadbirida va vazirlar darajasidagi «Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish» mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shuningdek, tashrif dasturida Vashington shahrida O‘zbekiston-AQSh muzokaralarini o‘tkazish ham nazarda tutilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog